23:26 / 01.03.2021
2 276

Turkiya kurorti 500 kunga yopilmoqda

Turkiya kurorti 500 kunga yopilmoqda
Foto: ntv.com.tr
Turkiyaning Chanakkale viloyatidagi Assos kurort shahrining qadimiy infratuzilmasi sayyohlar uchun xavf tug‘dira boshlagan. Shu sababli shaharda ta’mirlash ishlari olib boriladi va u 500 kunga yopiladi, deb xabar berdi NTVtelekanali.

Ta’kidlanishicha, shahar ustiga osilib tushgan qoyalar qulashni boshlagan va vaqti-vaqti bilan tosh bo‘ronlarga aylanmoqda. Vaziyat Turkiya sohillarida oxirgi vaqtlarda sodir bo‘layotgan seysmik faollikning kuchayishi natijasida murakkablashmoqda.

Rejada mo‘ljallanishicha, osilib turgan xavfli qoyalarni urib maydalab olib tashlash va qoyalar ustiga po‘lat to‘r qo‘yib, qoldiqlar tushishini oldini olish kerak. Taxminan yarim yil davom etishi kutilayotgan ta’mirlash ishlari davomida qadimiy shaharda kamida 19 ta sayyohlik infratuzilmasi yopiladi, bular mehmonxonalar, yotoqxonalar, restoran va kafelar, shuningdek choy bog‘i va hattoki muzqaymoq do‘koni.

Eski portdagi restoranlardan birining boshqaruvchisi bo‘lgan Tohir Chenavku ta’mirlash ishlariga tadbirkorlar qarshi bo‘lmasligini aytgan.

Biz xavfni bilayapmiz. Yozda biz qoyalar qulashi xavfiga duch kelmadik. Qishda esa bunday xavf mavjud. Qishda korxonalarda ham mijozlar asosan bo‘lmaydi shu sababli ta’mirlash ishlarini qishda amalga oshirish maqsadga muvofiqroq, deb hisoblaymiz”, deb aytgan tadbirkor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya kurorti 500 kunga yopilmoqda