17:00 / 02.03.2021
1 578

Pentagon Ukrainaga harbiy yordam sifatida 125 million dollar ajratadi

Pentagon Ukrainaga harbiy yordam sifatida 125 million dollar ajratadi
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaa salohiyatini oshirish uchun Ukrainaga 125 million dollarlik yangi yordam paketi ajratilishini e’lon qildi. Muassasaning 1 mart kuni tarqatgan xabarida mablag‘ Ukraina xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash tashabbusi doirasida ajratilishi va harbiylarni tayyorlash, aslaha sotib olish hamda harbiy maslahatchilarga ko‘mak berishga yo‘naltirilishi ma’lum qilingan.

«Bu Ukraina harbiy kuchlariga mamlakatning hududiy yaxlitligini himoya qilish, chegaralar xafsizligini ta’minlash va NATO bilan operativ hamohanglikni oshirish imkonini beradi», deyiladi vazirlik press-relizida.

Pentagondagilar bu yordam «Ukrainaning Rossiya agressiyasidan samaraliroq himoyalana olishi uchun mudofaa qurollarini taqdim etish» yo‘lida AQSHning sobitqadamligini isbotlashini aytishmoqda.

Ajratiladigan mablag‘, xususan, Mark IV namunasidagi ikki patrul qayiqlarini xarid qilish hamda Ukrainaga artilleriyaga qarshi radarlar va taktik jangovar qurollar taqdim etishga sarflanadi.

AQSH Kongressi 2021 moliya yilida ajratadigan qolgan 150 million dollar Pentagon va AQSH Davlat departamenti rasmiy Kiyev mudofaa sohasida asosiy yo‘nalishlarda islohotlar yetarlicha o‘sishga erishganiga ishonch hosil qilgachgina taqdim etiladi.

AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainani harbiy kuchlar ustidan fuqarolik nazoratini kuchaytirish, harbiy sanoat va xaridlarda shaffoflik va hisobdorlikni oshirish uchun, shuningdek, harbiy sektorning boshqa sohalarini ham NATO standartlari va prinsiplariga mos ravishda modernizatsiya qilish yo‘lida islohotlarni davom ettirish chaqirmoqda.

2014 yildan beri AQSH xavfsizlik sohasida Ukrainaga 2 milliard dollardan ortiqroq mablag‘ ajratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon Ukrainaga harbiy yordam sifatida 125 million dollar ajratadi