07:30 / 03.03.2021
1 856

Anjelina Joli Uinston Cherchill chizgan rasmni 7 million funt sterlingga sotdi

Anjelina Joli Uinston Cherchill chizgan rasmni 7 million funt sterlingga sotdi
Angliyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchillning Anjelina Joliga tegishli bo‘lgan surati Londonda kimoshdi savdosida 7 million funt sterlingga sotildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Sotish narxi sotuvdan oldingi taxminiy ko‘rsatkichdan deyarli to‘rt baravar yuqori bo‘ldi. Bu galgi auksionda Cherchillning rasmi avvalgi rekordni yangiladi. Avvalgi auksionda bu surat 1,8 million funt sterlingga sotilgan edi.

Rasmda eski shaharning devorlari orqasida joylashgan masjid minorasi, orqasida tog‘lar va oldida mayda rang-barang shakllar tasvirlangan. Ushbu rasm Ikkinchi jahon urushi yillarida chizilgan.

Jolining sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pitt ashaddiy badiiy kolleksioner sifatida tanilgan. Er-xotin birga yashagan yillarida ba’zi taniqli asarlarni, shu qatorda Benksi va Neo Rauxlarning asarlarini ham sotib olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Anjelina Joli Uinston Cherchill chizgan rasmni 7 million funt sterlingga sotdi