14:25 / 03.03.2021
1 980

Ramzan Qodirovning 30 yoshli qarindoshi Grozniy shahar meri lavozimiga tayinlandi

Ramzan Qodirovning 30 yoshli qarindoshi Grozniy shahar meri lavozimiga tayinlandi
Foto: «RIA Novosti»
Rossiya tarkibiga kiruvchi Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniy meri vazifasini bajaruvchi etib Xas-Magomed Qodirov tayinlandi, deb yozadi Meduza. Avvalroq uni shahar meri lavozimiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov taklif qilgan edi.

BBC Russia ma’lumotlariga ko‘ra, Xas-Magomed Qodirov Ramzan Qodirovning jiyani hisoblanadi, «Kavkaz.Realii» nashri esa uni Checheniston rahbarining ukasi (chetveroyurodniy brat) deb atagan. Ularning qarindoshligi rasman tasdiqlanmagan. Shu bilan birga, Ramzan Qodirov Xas-Magomed Qodirovni ko‘p marotaba «ukam» deb atagan.

Xabarlarga ko‘ra, Xas-Magomed Qodirov 30 yoshda. Bungacha u Checheniston rahbari yordamchisi bo‘lib ishlagan, IIVning Grozniy boshqarmasida ishlagan, Argun shahar meri lavozimini egallagan. 2020 yilda Checheniston rahbari va hukumati ma’muriyati rahbari etib tayinlangan.

2018 yilda BBC Russia Chechenistondagi 158 nafar yirik mansabdorning 30 foizi — Qodirovning qarindoshlari, 23 foizi — hamqishloqlari va yana 12 foizi — do‘stlari va ularning qarindoshlari ekanligini hisoblab chiqqan edi.

2020 yilda Qodirov rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tanlab olishda ularning otasiga nisbatan qarindoshlik darajasi ham hisobga olinishini tan olgan edi. Shu bilan birga, Checheniston rahbari respublikaning hukumat tuzilmalarida qarindoshlari kamligini aytgan.

2020 yilning sentabrida Qodirov o‘zining 21 yoshli qizi Ayshatni respublika madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlagandi. Dekabrda esa uning 20 yoshli qizi Xadijat Qodirova Grozniyda maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirovning 30 yoshli qarindoshi Grozniy shahar meri lavozimiga tayinlandi