16:39 / 04.03.2021
2 361

Harakatlanayotgan BMW ustidan sakrab o‘tishga uringan bug‘ular to‘dasi

Harakatlanayotgan BMW ustidan sakrab o‘tishga uringan bug‘ular to‘dasi
Kadr: YouTube
Internetda Polshaning Pultusk shahri yaqinidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan noodatiy ko‘ngilsiz hodisaning videosi tarqaldi. Qora BMW soatiga 80 kilometr tezlikda harakatlanayotganida o‘rmondan bug‘ular to‘dasi chiqib kelgan, deb xabar beradi Motor.

Xavfli holat BMW ortida harakatlanib kelayotgan ikkinchi avtomobilning videoregistratori yordamida tasvirga olingan. Harakat ishtirokchilari uchun kutilmagan tarzda yettita kiyik o‘rmondan katta tezlikda chiqib kelib, nemis sedani qarshisida paydo bo‘lgan. BMW haydovchisi tormozni keskin bosib, ba’zi bug‘ular bilan to‘qnashuvdan qutulib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo hayvonlarning barchasi ham avtomobildan o‘zib ketishga ulgurmagan.

Uchta bug‘u mashina ustidan sakrab o‘tgan. Ulardan biri tuyoqlari bilan BMW tomini bosib o‘tgan. Qolgan ikkitasining omadi u qadar ham chopmagan. Bug‘ulardan biri avtomobilning old qismiga urilib, kapot va bamperga shikast yetkazgan.

Ayniqsa, avariyaning uchinchi ishtirokchisining sakrashi omadsiz yakunlangan. Bug‘u sakrash trayektoriyasini to‘g‘ri hisoblay olmay, yukxonaga kelib urilgan, keyin esa qo‘rqqanida tomga chiqib olishga uringan. Bir necha soniyadan so‘ng, bug‘u ortga yugurib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Harakatlanayotgan BMW ustidan sakrab o‘tishga uringan bug‘ular to‘dasi