09:13 / 05.03.2021
1 925

BMT: AQSH sanksiyalari — Rossiyaning inson huquqlariga zid

BMT: AQSH sanksiyalari — Rossiyaning inson huquqlariga zid
Foto: Google Images
BMT mutaxassislarining fikriga ko‘ra, AQSHning favqulodda holatlarga tayanib e’lon qilgan bir tomonlama sanksiyalari Rossiya, Xitoy, Venesuela va boshqa davlatlarda inson huquqlarining keng ko‘lamda buzilishi hisoblanadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

AQSH milliy xavfsizligi, tashqi siyosat va iqtisodiyoti xavf ostida qolganida, ichki qonunchilik mamlakat prezidentiga sanksiya kiritishga asos bo‘luvchi favqulodda holat e’lon qilish uchun ruxsat beradi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, favqulodda holatning joriy etilishi sanksiyalarni noma’lum muddatgacha qo‘llash uchun bahona bo‘lishi mumkin.

«AQSHda favqulodda holatlar asosida e’lon qilingan sanksiyalar Xitoy, Kuba, Gaiti, Eron, Nikaragua, Rossiya, Suriya, Venesuela, Zimbabve va boshqa davlatlardagi insonlarning erkin harakatlanish, birlashish, adolatli sud jarayoni va aybsizlik prezumpsiyasi kabi qonuniy, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlariga zid hisoblanadi», — dedi mutaxassislar.

Shu munosabat bilan, sanksiya qo‘llanganlarning huquqlariga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida mutaxassislar Qo‘shma Shtatlarni fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq va ehtiyotkorlik bilan bajarishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT: AQSH sanksiyalari — Rossiyaning inson huquqlariga zid