08:57 / 06.03.2021
1 727

Eron AQSHning qayta tiklagan sanksiyalari oqibatida ko‘rgan zararini 200 mlrd dollarga baholadi

Eron AQSHning qayta tiklagan sanksiyalari oqibatida ko‘rgan zararini 200 mlrd dollarga baholadi
Foto: «RIA Novosti»
Uch yil oldin tiklangan AQSH sanksiyalari Eronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 200 milliard dollardan oshiq zarar yetkazdi. Bu haqda Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyga tayanib «Interfaks» xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, Tehron yetkazilgan zararni AQSHning Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma harakat rejasiga (QHR) qaytishi uchun shart sifatida undirmoqchi emas.

«Ba’zi do‘stlarimiz AQSH bilan gaplashishdan oldin ulardan tovon puli talab qildi. Oxirgi uch yilda bizga AQSH tomonidan yetkazilgan zarar 200 milliard dollardan oshdi. Lekin biz do‘stlarimizga buni keyingi bosqichga qoldirishimizni va AQSHning sanksiyalarni bekor qilib, QHRga qaytishi mumkinligini aytdik», — dedi Eron prezidenti.

QHR 2015 yilda oltita xalqaro vositachi mamlakatlar va Eron tomonidan ma’qullangan.

2018 yilning may oyida AQSH bu kelishuvdan chiqib ketdi va Eronga qarshi sankiyalarni qayta tikladi. AQSHning yangi prezidenti Jo Bayden muayyan shartlar asosida QHRga qaytishga tayyorligini aytdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron AQSHning qayta tiklagan sanksiyalari oqibatida ko‘rgan zararini 200 mlrd dollarga baholadi