11:02 / 06.03.2021
1 880

Eng kattasi «yarim dollar»: giperinflyatsiyani boshdan o‘tkazayotgan Venesuela yangi pullarini chiqardi

Eng kattasi «yarim dollar»: giperinflyatsiyani boshdan o‘tkazayotgan Venesuela yangi pullarini chiqardi
Foto: «The Times»
Venesuela Markaziy banki 8 martdan yangi pullarini muomalaga kiritadi, deb xabar berdi «Bloomberg».

Yangi banknotalarning nominal qiymatlari 200 ming, 500 ming va 1 000 000 bolivarga teng. Uch banknotaning ham yuza qismida Venesuela milliy qahramoni, Ispaniyadan mustaqillik uchun kurashchi Simon Bolivar tasvirlangan.

Venesuela oxirgi yillarda dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichli giperinflyatsiyalardan birini boshdan o‘tkazmoqda. Rasmiy kursga ko‘ra, ayni paytda 1 AQSH dollari 1,89 million bolivarga teng. O‘z-o‘zidan anglash qiyin emas, chiqarilajak eng katta pul (1 mln. bolivar) taxminan 0,53 AQSH sentiga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng kattasi «yarim dollar»: giperinflyatsiyani boshdan o‘tkazayotgan Venesuela yangi pullarini chiqardi