Foto: Getty Images
AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning advokatlari uchta Respublikachilar partiyasining uchta tashkilotiga da’vo yuborib, mablag‘ yig‘ish bo‘yicha xabarnomalar va esdalik sovg‘alarida uning surati va ismidan foydalanishni to‘xtatishni talab qildi, deb xabar bermoqda «Kommersant’» Reuters va Politico’ga tayanib.
OAVlar e’tiroz uchta guruhga: partiya boshqaruvini amalga oshiruvchi Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi, respublikachilarni AQSH Kongressi va uning yuqori palatasiga nomzodlarini ilgari suruvchi kampaniyalarga yuborilganini keltirgan.
Tramp maslahatchisining Reuters agentligiga bildirishicha, sobiq prezidentga ushbu tashkilotlar 2021 yilda unga impichment e’lon qilishga ovoz bergan respublikachilarni qo‘llab-quvvatlagani yoqmagan.
Donald Tramp prezidentlik lavozimidan ketganidan so‘ng mart oyida qilgan birinchi chiqishida demokratlarni uchinchi marotaba mag‘lub etishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu bilan u 2024 yilda mamlakat prezidentligi uchun nomzodini qo‘yishi mumkinligiga ishora qildi.
U Respublikachilar partiyasining qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishini ta’kidladi va yangi siyosiy partiya tuzilishini rad etdi. Yanvar oyida The Wall Street Journal Trampga yaqin odamlar orasida yangi partiya tuzish bo‘yicha muhokamalar haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp prezidentlikdan ketganidan keyin birinchi marta omma oldida nutq so‘zlaydi

Tramp ikkinchi impichmentga ham «chap berishga» muvaffaq bo‘ldi

Tramp «sobiq prezident devoni»ni ochdi

AQSH vakillar palatasi Trampning impichmenti uchun ovoz berdi

Donald Tramp Amerika qonunlarini o‘zgartirmoqchi

Tramp partiya nomidan nomzodi e’lon qilingungacha o‘z ma’muriyati tarkibini e’lon qilishi mumkin