13:30 / 08.03.2021
1 546

Tailandda harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari cho‘kayotgan kemadan to‘rtta mushuk bolasini qutqarib qoldi

Tailandda harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari cho‘kayotgan kemadan to‘rtta mushuk bolasini qutqarib qoldi
Foto: Reuters
Tailand harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari Ko Adang qirg‘og‘i yaqinida yonayotgan kemadan to‘rtta mushuk bolasini qutqarib qoldi, deya xabar bermoqda Meduza.

Cho‘kayotgan kemaning sakkiz nafar a’zosi dengizga sakrab qutulib qolgan. Keyinchalik ularni baliq ovlaydigan kema olib ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari voqea joyiga dengizga neft to‘kilgan-to‘kilmaganini tekshirish uchun kelgan. Ular cho‘kayotgan kemani xavfsiz masofadan kamera yordamida kuzatayotgan vaqtda mushukchalarni payqab qolgan. Qo‘rqib ketgan jonivorlar bir-birining pinjiga suqilib, kema to‘siniga chiqib olgan.

Foto: Reuters
Buni ko‘rgan dengizchilardan biri darhol yordamga shoshilgan: u qutqaruv nimchasini kiyib, yonayotgan kemadagi mushuklar tomon suzgan. Dengizchi ularni birin-ketin yelkasiga olib, harbiy dengiz kuchlarining kemasiga olib o‘tgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda mushukchalar xavfsiz joyda — ular Tailand harbiy dengiz kuchlarining qo‘mondonlik punkti joylashgan Ko Lipe orolida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tailandda harbiy dengiz kuchlari xizmatchilari cho‘kayotgan kemadan to‘rtta mushuk bolasini qutqarib qoldi