19:00 / 08.03.2021
1 011

Saudiya Arabistonidagi neft zavodiga hujumdan so‘ng Brent nefti narxi 71 dollardan oshib ketdi

Saudiya Arabistonidagi neft zavodiga hujumdan so‘ng Brent nefti narxi 71 dollardan oshib ketdi
Foto: REUTERS/Nick Oxford/
8 mart kungi savdolarda Brent neftining bir barreli narxi 71 dollardan oshdi. Brent bir yildan buyon – o‘tgan yilning 8 yanvaridan beri bunchalik qimmatlashmagandi, deb yozadi Reuters.

WTI neftining bir barreli narxi 2,4 foizga oshib, 67,69 dollarga yetdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Fors ko‘rfazidagi Ras-Tanura eksport terminaliga raketa va dronlar orqali hujum uyushtirilgani haqida xabar qilgandi. Mamlakat energetika vazirligining bildirishicha, hujum qaytarilgan va neft ishlab chiqarishga zarar yetmagan.

Ras-Tanura — dunyodagi eng yirik neft eksporti terminali hisoblanadi, deb yozadi Bloomberg. Uning o‘tkazish quvvati sutkasiga 6,5 mln barrel atrofida bo‘lib, hudud qattiq qo‘riqlanadi. Portda neft ombori va Saudi Aramco davlat kompaniyasining neftni qayta ishlash zavodi joylashgan.

Ar-Riyodning ma’lum qilishicha, hujum Yamandagi husiylar tomonidan amalga oshirilgan. Qirollik hududi tomon sakkizta ballistik raketa va bomba o‘rnatilgan 14ta dron uchirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonidagi neft zavodiga hujumdan so‘ng Brent nefti narxi 71 dollardan oshib ketdi