20:16 / 09.03.2021
1 617

Aql bovar qilmas narx: Twitter tarixidagi eng birinchi tvit sotuvga qo‘yildi

Aql bovar qilmas narx: Twitter tarixidagi eng birinchi tvit sotuvga qo‘yildi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Twitter rahbari Jek Dorsi ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng birinchi tvitni auksionga qo‘ydi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Mashhur ijtimoiy tarmoqdagi birinchi tvit 15 yillar oldin yozilgan. Dorsi qisqa jumla yozgan: «Shunchaki o‘zimning tvttr’imni sozlayapman».

Tarixiy tvit Valuables onlayn auksionida paydo bo‘lgan. Auksion shartlariga ko‘ra, ushbu postni xarid qilgan inson «muallif tomonidan imzolangan va tekshirilgan noyob raqamli sertifikat»ni ham qo‘lga kiritadi. Gap o‘ziga xos raqamli imzo haqida ketmoqda.

Post sotuvga qo‘yilganiga qaramay, oldingidek Twitter’da translyatsiya qilinaveradi.

Hozircha Dorsining tviti uchun berilgan eng yuqori narx 2,5 million dollarni tashkil etmoqda. Bu kabi narxni taklif etgan inson — Bridge Oracle bosh direktori Xakan Estavi. Ehtimoliy xaridor aslida ushbu tvit uchun bundan ham ko‘proq to‘lashga tayyorligini bildirgan. U 10 million dollargacha berishga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aql bovar qilmas narx: Twitter tarixidagi eng birinchi tvit sotuvga qo‘yildi