09:56 / 10.03.2021
964

Tailand bosh vaziri “yoqimsiz” savolga javoban jurnalistlarga antiseptik purkadi (video)

Tailand bosh vaziri “yoqimsiz” savolga javoban jurnalistlarga antiseptik purkadi (video)
Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha matbuot anjuman vaqtida zalda o‘tirgan jurnalistlarga antiseptik purkadi. U jurnalistlardan birining savoliga achchiq qilib, o‘zini shunday tuta boshlagan. Ushbu holat videosi The Sun nashrining YouTube-kanalida e’lon qilingan.

Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha vazirlar mahkamasidagi oxirgi o‘zgartirishlar haqidagi savollardan qochish uchun jurnalistlarga qo‘llarni dezinfeksiyalovchi vosita sepdi”, deb aytilgan videoga izohda.

Bosh vazirga jurnalistning hukumatda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi savoli yoqmagan. Shundan keyin u o‘zini qo‘pol tutib, zalda o‘tirgan jurnalistlarga antiseptik purkay boshlagan va ularga “o‘z ishlari bilan shug‘ullanishni” tavsiya qilgan.

Ta’kidlanishicha, fevral oyida Tailand hukumatida uch vazir o‘z lavozimidan bo‘shatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Tailand bosh vaziri “yoqimsiz” savolga javoban jurnalistlarga antiseptik purkadi (video)