19:04 / 11.03.2021
2 774

Biznes olamidagi «kamazchi» haqida...

Biznes olamidagi «kamazchi» haqida...
Foto: «Admiral Markets»
Rahmatli Hojiboy Tojiboyevning g‘o‘zapoya sotib boyib ketgan fermerlar hangomasidagi kamazchi esingizdami, aslida eng zo‘r boy o‘sha. Na yeri, na paxtasi, na g‘o‘zapoyasi bor, lekin boy. Yerga ishlamaydi, lekin kallani ishlatadi — xuddi Uorren Baffett misoli...

Baffett ham neft qazimaydi, telefon/kompyuter chiqarmaydi, gazlangan ichimlik sotmaydi, turgan gapki, g‘o‘za ham yetishtirmaydi. Biroq jahondagi to‘rtinchi eng katta boy.

Jahonda boylar ko‘p. «$100 milliardlik boylar» esa sanoqli, atigi to‘rt nafargina edi: Jeff Bezos («Amazon»), Ilon Mask («Tesla», «SpaseX»), Bernar Arno («Louis Vuitton Moët Hennessy») va Bill Geyts («Microsoft»)dan iborat «eksklyuziv klub» Uorren Baffettning yanada boyishi hisobiga kuchli beshlikka aylandi.

90 yoshli Baffett raislik qilayotgan «Berkshire Hathaway» investitsiya kompaniyasi aksiyalari rekord darajada o‘sib, uning shaxsiy boyligi 100 mlrd. dollardan oshdi.

Uorren Baffett biznes olamida, ayniqsa, sarmoyalar sohasida, hech shubhasiz, eng taniqli inson. Bir necha o‘n yillardan beri jahon boylari reytingi yetakchilari qatorida barqaror o‘rnini saqlab kelmoqda. Uzoqni ko‘zlangan, to‘g‘ri kiritilgan sarmoyalar, yoshligida ishga hammadan avval kelib, hammadan keyin ketib yurganida orttirilgan tajribalar mahsuli bu.

Uorren Baffett 2010 yilda butun boyligini beshta xayriya tashkilotiga beg‘araz o‘tkazishini e’lon qilgan. O‘shanda uning shaxsiy boyligi 37 mlrd AQSH dollariga teng edi. Uorren Baffett sarmoya kiritmagan soha qolmagan hisobi, ulushi bor kompaniyalar soni sanoqsiz.

Baffettning eng yirik sarmoyalari:

Xabarlarga ko‘ra, Richmond federal zaxira banki (AQSH) Baffettning kompaniyasiga «Bank of America»dagi ulushini 24,9 foizgacha oshirishga ruxsat bergan. 2020 yilning uchinchi choragida «Berkshire» portfeli bugungi kundagi eng kerakli dori — koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarayotgan «Pfizer» kompaniyasi aksiyalari qo‘shilishi bilan yanada semirdi. Buyoqda «Sprint» bilan birlashgan «T-Mobile» telekom-giganti aksiyalari, qolaversa, «Berkshire Hathaway»ning o‘z aksiyalari sotib olinishi rejalashtirilgan, xullas, Baffettning «kamazi»ga yo‘llar ochiq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Biznes olamidagi «kamazchi» haqida...