14:40 / 12.03.2021
2 264

Ilon Maskning Kaliforniyadagi Tesla zavodi yonib ketdi

Ilon Maskning Kaliforniyadagi Tesla zavodi yonib ketdi
Foto: AP Photo
AQSHning Frimont sharida (Kaliforniya shtati) elektromobil ishlab chiqaruvchi Tesla zavodida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda KRON4 telekanali va Reuters nashriga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in zavodning qurilish ishlari olib borilayotga qismida sodir bo‘ldi, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar chaqirildi.
Telekanalning xabar berishicha, Tesla xodimlari olovni qum bilan o‘chirishga harakat qilmoqda.

Keyinchalik CBS SF telekanali o‘t o‘chirish xizmati vakiliga asoslanib ma’lumot berishicha, yong‘in shtamplovchi uskunaning ichida suyuq aluminiyning gidravlik suyuqlik bilan qorishib ketgani sababli kelib chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, yong‘in nazoratga olingan.

Bu Frimontdagi zavodda sodir bo‘lgan birinchi yong‘in emas. Bungacha 2018 yilning avgust oyida ham yong‘in sodir bo‘lgan. O‘shanda Tesla rahbari Ilon Mask angarlardan birida qayta ishlashga tayyorlangan karton yonib ketgani, shuningdek, hech kim jabr ko‘rmagani va zavodga hech qanday zarar yetmaganini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning Kaliforniyadagi Tesla zavodi yonib ketdi