10:30 / 14.03.2021
1 644

Gonduras prezidenti narkobaronlar bilan aloqadorlikda ayblandi

Gonduras prezidenti narkobaronlar bilan aloqadorlikda ayblandi
Foto: AP Photo
Manhetten okrug sudida gonduraslik narkobaron ishi bo‘yicha olib borilayotgan sudda ayblanuvchi yillar davomida mamlakat prezidentlari va vitse prezidentiga bir million dollardan ortiq pul berganini ta’kidladi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Jinoiy to‘daning sobiq rahbari Devis Lionel Maradiganing so‘zlariga ko‘ra, Los Cachiros karteli prezident Xuan Orlando Ernandesning singlisi Hilda Ernandesga 2012 yilda 250 ming dollar naqd pul bergan. O‘sha paytda Ernandes kongressmen va prezidentlikka nomzod edi.

Ko‘rsatmada aytilishicha, yana 50 ming AQSH dollarini 2014 yili Xuan Orlando prezident bo‘lganidan keyin, uning akasi Xuan Antonio Ernandes kartellar tomonidan boshqariladigan kompaniyaning shartnomalari uchun olgan.

Shuningdek, Maradiganing aytishicha, u 2012 yil prezidentlikka nomzod bo‘lgan Gonduras vitse-prezidenti Rikardo Alvaresga yarim million dollar to‘lagan, bundan tashqari, amakivachchasini xavfsizlik vaziri lavozimiga tayinlashi uchun mamlakat sobiq prezidenti Manuel Selayyaga yarim million dollar pul bergan, lekin kelishuv amalga oshmagan.

Xuan Orlando Ernandes ayblovlarni rad etib, ularning soxtaligini aytmoqda.

«Hammasi rejalashtirilgan! Sudya Kevin Kastel fosh etilgan soxta audio yozuvning ortida kim turganini tekshirishni buyurdi, bu menga qarshi fitna borligini aniq isbotlaydi», — dedi siyosatchi o‘zining Twitter sahifasida.

Ernandes 2014 yilda Gonduras prezidenti bo‘lgan. U narkokartellar va to‘dalarga qarshi qattiq siyosat olib boragan. 2018 yilning noyabr oyida Ernandesning akasi Xuan Antonio AQSH hukumati tomonidan Mayamida hibsga olingan. Hibsga olish sabablari oshkor qilinmagan, lekin Reuters xabariga ko‘ra, Xuan Antonio Cachiros narkokarteli bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gonduras prezidenti narkobaronlar bilan aloqadorlikda ayblandi