11:30 / 14.03.2021
2 999

«Moyka»dan chiqishi bilan avariya uchragan Ferrari (video)

«Moyka»dan chiqishi bilan avariya uchragan Ferrari (video)
Internetda Turkiyadagi «moyka»dan chiqishi bilan avariyaga uchragan Ferrari 458 Italia’ning videosi tarqaldi, deb xabar beradi Motor.

E’lon qilingan kadrlardan ko‘rish mumkinki, qora Ferrari 458 Italia haydovchisi «moyka»dan bir qatorli yo‘lga effekt bilan chiqishga qaror qilgan. Aftidan, u gaz tepkisini juda qattiq bosib yuborgan, natijada superkar orqa chap g‘ildiragi bilan beton to‘siqqa urilgan. Shundan so‘ng Ferrari orqa tomonga aylanib ketgan va inersiya sabab o‘ng tomoni bilan ustunga to‘qnashgan.

Italiya superkarini kim boshqargani hozircha noma’lum. Versiyalardan biriga ko‘ra, avariyani «avtomoyka» xodimi sodir etgan. Boshqa guvohlarning aytishicha, Ferrari’ni avtomobil egasining o‘zi boshqargan. «Nima bo‘lganda ham 458 Italia’ni endilikda qimmat turuvchi ta’mirlash ishlari kutmoqda», — deyiladi xabarda.

Ferrari 458 Italia 2009 yili Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan. Sportkar 570 ot kuchiga ega 4,5 litrli V8 dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, agregat yetti pog‘onali robot uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Ikki eshikli model soatiga 100 kilometr tezlikka 3,4 soniyada erishadi. Maksimal tezligi — 320 kilometr/soat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Moyka»dan chiqishi bilan avariya uchragan Ferrari (video)