13:58 / 16.03.2021
1 064

Eng qimmat pullik yo‘llar nomi e’lon qilindi

Eng qimmat pullik yo‘llar nomi e’lon qilindi
Foto: Instagram / @chisox74
Avstraliyaning Budget Direct sug‘urta kompaniyasi dunyodagi eng qimmat pullik yo‘llar reytingini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya saytiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Reytingga ko‘ra, AQSHning Pensilvaniya shtatidagi 580 kilometrlik magistrali (I-76, Interstate 76) dunyodagi eng qimmat pullik yo‘l deb e’tirof etildi.

Ta’kidlanishicha, Pensilvaniya magistralidan o‘tish narxi 112,91 dollarni (taxminan 1 185 329,18 so‘m) tashkil etadi. Magistral uzunligi 580 kilometr. U mamlakatning shimoli-sharqidagi Pensilvaniya shtatini kesib o‘tadi.

Ikkinchi eng qimmat pullik yo‘l — bu Avstriyaning Grossglokner avtomagistrali. Undan o‘tish 45 dollarga (taxminan 472 410 so‘m) tushadi.

Shveysariya dunyo mamlakatlari orasida pullik yo‘llarning o‘rtacha narxi ro‘yxatida 26,5 dollar (taxminan 278 197 so‘m) bilan yetakchilik qilyapti. Ikkinchi o‘rinnni 16,29 dollar (taxminan 171 012,42 so‘m) ko‘rsatkich bilan Avstriya band qilgan, undan keyin 16,28 dollar (taxminan 170 907,44 so‘m) bilan Farer orollarining pullik yo‘llari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Eng qimmat pullik yo‘llar nomi e’lon qilindi