17:17 / 18.03.2021
2 452

Sergey Shoygu: «Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi mish-mishlar — xomxayol»

Sergey Shoygu: «Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi mish-mishlar — xomxayol»
Foto: Global Look Press
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi fikrlarni xomxayol (fantaziya) deb atadi. Bu haqda u Qozog‘istonning Tengrinews nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi «RBK».

«Keling, bunday xayollarning barchasidan yerga tushaylik! Biz azaldan birodarlik munosabatlariga egamiz. Bizda o‘zaro nimanidir bo‘lishish uchun mutlaqo hech qanday sabab yo‘q», — dedi Shoygu.

U jurnalistning ba’zilar «Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olishni qat’iy niyat qilgan, deb o‘ylaydi» degan gapiga shu tarzda javob qaytardi.

Mudofaa vazirligi rahbari 1998 yilda Rossiya va Qozog‘iston chegaralarni to‘liq demarkatsiya qilishni amalga oshirganini va keyinchalik chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolaganini qo‘shimcha qildi.

2020 yilning yozida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nur-Sulton Moskva va Minsk bilan faol hamkorlik qilayotganini, ammo Qozog‘iston Rossiya—Belarus ittifoqiga qo‘shilish niyatida emasligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sergey Shoygu: «Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi mish-mishlar — xomxayol»