20:05 / 18.03.2021
3 090

«Kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa». Putin Baydenning so‘zlariga javob qaytardi

«Kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa». Putin Baydenning so‘zlariga javob qaytardi
Foto: Videodan kadr
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Baydenning so‘zlariga «kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa», deb javob qaytardi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bolalar orasida tarqalgan bu ibora chuqur ma’noga ega.

«Biz doim boshqalarda o‘z xususiyatlarimizni ko‘ramiz. Boshqalarning harakatlarini shundan kelib chiqib baholaymiz», — dedi u.

Rossiya prezidenti AQSH prezidentiga salomatlik tilashini qo‘shimcha qildi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi so‘zlariga «juda yomon» deb izoh bergandi.
Avvalroq Jo Bayden AVS telekanaliga intervyu berar ekan, «Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?» degan savolga «Ha» deb javob qaytargandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa». Putin Baydenning so‘zlariga javob qaytardi