00:23 / 19.03.2021
2 373

Putin Bayden bilan jonli efirda suhbatlashmoqchi ekanligini aytdi

Putin Bayden bilan jonli efirda suhbatlashmoqchi ekanligini aytdi
Jo Bayden va Vladimir Putin/Foto: TASS
Rossiya prezidentining fikricha, uning Bayden bilan "to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq bahsi" ikki mamlakat xalqlari uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham qiziq bo‘ladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashqi ishlar vazirligiga AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqotga tayyorgarlik ko‘rish topshirig‘ini berishini aytdi.

"O‘tgan safar telefon orqali suhbatlashish tashabbusi prezident Bayden tomonidan chiqqandi. Bu safar men suhbatimizni davom ettirishni taklif qilmoqchiman. Faqat bir shart bilan: jonli efirda, ochiq suhbatlashamiz", - dedi Putin.

Rossiya prezidentining fikricha, uning Bayden bilan "to‘g‘ridan to‘g‘ri ochiq bahsi" ikki mamlakat xalqlari uchun ham, boshqa davlatlar uchun ham qiziq bo‘ladi.

"Buni uzoqqa cho‘zmoqchimasman. Dam olish kunlari ozroq hordiq chiqarish uchun taygaga bormoqchiman. Suhbatni ertaga yoki dushanba kuni o‘tkazishimiz mumkin. Biz Amerika tomoni uchun qulay bo‘lgan vaqtga tayyormiz", - dedi Putin.

"Hoziroq tashqi ishlar vazirligiga tegishli topshiriq beraman", - deb qo‘shib qo‘ydi u.

Avvalroq Jo Bayden AVS telekanaliga intervyu berar ekan, «Putinni qotil deb o‘ylaysizmi?» degan savolga «Ha» degandi.
Vladimir Putin Jo Baydenning so‘zlariga «kim nima degan bo‘lsa, o‘zi shunaqa», deb javob qaytardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Bayden bilan jonli efirda suhbatlashmoqchi ekanligini aytdi