10:25 / 19.03.2021
2 276

Tajriba uchun 15 kishi g‘orda 40 kun davomida izolyatsiya qilindi

Tajriba uchun 15 kishi g‘orda 40 kun davomida izolyatsiya qilindi
Foto: «Daily Mail
Bir-birini tanimaydigan 15 kishilik jamoa 40 kunga uyali telefon va soatlarsiz g‘orga kirib ketdi. Bularning barchasi inson o‘zini tashqi dunyodan butunlay ajratilganini va quyosh nurisiz qolishini his qilishi uchun qilindi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Deep Time deb nomlangan bu tajriba 14 mart kuni boshlandi, rejaga ko‘ra, 22 aprel kuni nihoyasiga yetadi. Tajriba rahbari Kristian Klot COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan butun dunyo bo‘ylab izolyatsiyadan keyin shunday sarguzashtni sinab ko‘rishga qaror qildi.

Jamoa 27 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan fransuz ko‘ngillilardan iborat. Ishtirokchilar orasida biolog, matematika o‘qituvchisi, zargar, hamshira va gid bor.

Izolyatsiya uchun Arejedagi Lombrivs g‘ori tanlandi. Bu Yevropadagi eng katta g‘or hisoblanadi. 40 kun davomida jamoa nafaqat quyosh nurini ko‘rmaydi, balki 12 gradusdan yuqori bo‘lmagan havo haroratiga va 95 foiz namlikka ko‘nikishi kerak bo‘ladi.

«G‘or uchta alohida qismga ajratilgan — uxlash uchun, yashash uchun va g‘orning topografik tadqiqotlari uchun joy, shuningdek, flora va fauna», — dedi Kristian Klot.

Jamoa o‘zi bilan to‘rt tonna zaxira, suv va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun pedalli mashina-dinamo olib kirdi. Ta’kidlanishicha, tajriba 1,2 million yevro miqdoridagi mablag‘ bilan moliyalashtirilgan, lekin ko‘ngillilar bunda butunlay bepul ishtirok etyapti.

«Bu dunyodagi birinchi shunday tajriba. Hozirgacha ushbu turdagi barcha tajribalar tananing fiziologik ritmlarini o‘rganishga qaratilgan, lekin izolyatsiyaning kognitiv va hissiy funksiyalarga ta’siri bilan hech qachon shug‘ullanilmagan», — dedi neyrobiolog Eten Kexlin.

Bu kabi tajriba 1972 yilda fransiyalik geolog Mishel Sifra tomonidan o‘tkazilgan. U g‘orga kirib, olti oy izolyatsiyada yashagan. Tadqiqotchining aniqlashicha, agar u tabiiy yorug‘lik stimullariga bog‘lanmagan bo‘lsa, kun va tunning almashishiga inson organizmining ta’siri farq qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tajriba uchun 15 kishi g‘orda 40 kun davomida izolyatsiya qilindi