2 733
Yaponiyalik mashhur bayker qiz 50 yoshli erkak bo‘lib chiqdi. U FaceApp dasturi yordamida obunachilarini aldab kelgan
Foto: Twitter / @Azusagukuyuki
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining Yamaha motosikli bilan tushgan rasmlari orqali mashhurlikka erishgan yaponiyalik yosh baykerchi qiz Szungu ismli 50 yoshli erkak bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi Meduza.
Erkak mashhur FaceApp dasturidagi filtrlardan foydalangan.
Obunachilar baykerning asl yuzini suratlarning biridagi aksdan ko‘rib qolgan va shunda yolg‘onni payqab qolgan. Yaponiyalik jurnalistlar bu voqeaga e’tibor qaratgan va Szunguni qidirib topgan. U barchasini tan olgan. Aniqlanishicha, yaponiyalik erkak «keksa amaki»ga hech kimning qaragisi kelmasligi sabab «go‘zal ayol» obrazini tanlagan.
Foto: Twitter / @Azusagukuyuki
Szungu faqatgina iloji boricha ko‘proq odamlar o‘zining motosiklini tomosha qilishini istaganini tan olgan. Umuman olganda, obunachilarning barchasi ham fosh etilgan yolg‘ondan xafa bo‘lmagan. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, Szungudan «yoqimtoy qiz» paydo bo‘lgan, uning motosikli esa chindan ham havas qilarli. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!