08:30 / 20.03.2021
2 337

Daniya Tashqi ishlar vazirligi Belarusning nomini o‘zgartirdi

Daniya Tashqi ishlar vazirligi Belarusning nomini o‘zgartirdi
Foto: «Vesti.ru»
Daniya Tashqi ishlar vazirligi Belarus davlatining nomini almashtirdi, deb xabar bermoqda «Interfaks»ga tayanib "Daryo".
«Endilikda Tashqi ishlar vazirligi Hviderusland nomi o‘rniga Belarus nomini ishlatadi», — deb xabar berdi vazirlik o‘z Twitter sahifasida.

Daniya tashqi ishlar vaziri Yeppe Kofod ushbu qarorga izoh berdi. «Biz uchun Belarus fuqarolik jamiyati va aholisi talab qilgan atamani ishlatish vaqti keldi», — deb ta’kidladi u.

2020 yil oktabr oyida Belarus prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya Daniyaga tashrif buyurdi. U bilan uchrashuvda Kofod fuqarolik jamiyatini, ayniqsa, Belarusda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Daniyaning yangi demokratiya uchun fond yaratayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Tixanovskaya Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen, Daniya nodavlat tashkilotlari va kasaba uyushmalari harakati vakillari bilan ham uchrashdi.

Belarusda 9 avgustdan beri prezident saylovlari natijalariga qarshi namoyishlar davom etmoqda. 1994 yildan buyon hukumatni boshqarayotgan Aleksandr Lukashenko saylov g‘olibi deb e’lon qilindi. Muxolifat saylov natijalari soxtalashtirilganini aytdi. Namoyishchilar Lukashenkoning iste’fosini, siyosiy mahbuslarning ozod qilinishini va yangi saylovlar o‘tkazilishini talab qilmoqda. Oxirgi vaqtlar norozilik aksiyalari mahalliy tus olyapti.

Tixanovskaya Markaziy saylov komissiyasining eri Sergey Tixanovskiyning tashabbuskor guruhini ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etib, o‘zini hibsga olganidan keyin prezident saylovlarida ishtirok etdi. Rasmiy ravishda e’lon qilingan saylov natijalariga ko‘ra, Tixanovskaya 10 foizdan sal ko‘proq ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinni egalladi. Saylov natijalarini tan olmagan Tixanovskaya hukumat bosimi ostida chet elga ketishga majbur bo‘ldi.

Yevroittifoqning bir qator davlatlari Tixanovskayani muxolifat yetakchisi sifatida tan oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daniya Tashqi ishlar vazirligi Belarusning nomini o‘zgartirdi