923
Arnold Shvarsenegger Yerni o‘zga sayyoraliklardan himoya qiluvchilar guruhini boshqarishga rozi bo‘ldi

Foto: Legion Media
Arnold Shvarsenegger agarda o‘zga sayyoraliklar Yerga hujum qilsa, ularga qarshilik ko‘rsatuvchilar guruhiga rahbarlik qilishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Esquire.
«Menga ishonch bildirgan insonlardan minnatdorman. Xizmat qilishga tayyorman», — deb yozadi aktyor.
Tadqiqotchilar voyaga yetgan 2 ming nafar britaniyalik o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, ular orqali Yerni o‘zga sayyoraliklardan himoya qilishga qodir top-20 talik mashhurlar ro‘yxatini tuzdi. Odamlar «Yirtqich» filmida o‘zga sayyoraliklarga qarshi jang qilgan Shvarseneggerga ko‘proq ishonch bildirishi ma’lum bo‘lgan.
O‘zga sayyoraliklarga ekranda qarshi turganlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasidan Uill Smit («Mustaqillik kuni», «Qoradagi odamlar», «Eramizdan keyin») o‘rin olgan bo‘lsa, yettinchi o‘rin — Sigurni Uiverga («Begona»ning to‘rtta qismi) nasib etdi.
Shuningdek, top-5 ro‘yxatda tabiat haqidagi hujjat filmlar muallifi Devid Attenboro, aktyorlar Bryus Uillis va Tom Kruz ham joylashgan. Sakkizinchi o‘rinni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp egallagan bo‘lib, AQSHning amaldagi prezidenti Joy Bayden va vitse-prezident Kamala Xarris mos ravishda 20- va 19-o‘rinlarda joylashgan.
O‘zga sayyoraliklardan Yerni himoya qiluvchi top-20 talik ro‘yxat:
Arnold Shvarsenegger;
Uill Smit;
Devid Attenboro;
Bryus Uillis;
Tom Kruz;
Xarrison Ford;
Sigurni Uiver;
Donald Tramp;
Jillian Anderson;
Nikola Sterjen;
Kris Pratt;
Boris Jonson;
Pirs Morgan;
Uilyam Shetner;
Saymon Pegg;
Tommi Li Jons;
Devid Duxovni
Mel Gibson;
Kamala Xarris;
Jo Bayden.
TMZ nashrining yozishicha, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 11 foizi NUJlarni rostdan ham ko‘rganini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qozog‘istonlik kosmonavt o‘zga sayyoraliklarga to‘qnash kelgan ekan…

Kembrij universiteti talabalari o‘zga sayyoraliklardan saboq olmoqda…

Internetda o’zga sayyoraliklarga o’xshash hasharotning rasmi tarqaldi

Ufologlarning aytishicha, Oyning ustki qismida o‘zga sayyoraliklar bazasi bor ekan. Ular kuni kecha yerga signal yuboribdi…

O‘zga sayyoraliklar bir-biri bilan qanday muloqot qilishini Amerika olimlari aniqlashdi…

Ufologlarning aytishicha, oy tutilgan kuni osmonda yuzlab o‘zga sayyoraliklar kemalari paydo bo‘ldi…