17:39 / 22.03.2021
2 397

Tataristonda sirk tomoshasi paytida fillar urishib ketdi (video)

Tataristonda sirk tomoshasi paytida fillar urishib ketdi (video)
Foto: Videodan kadr
Rossiya tarkibiga kiruvchi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahridagi Davlat sirkida 21 mart kuni tomosha ko‘rsatayotgan fil sherigiga hujum qildi. Bu haqda sirk vakiliga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, maydonga olib chiqilgan ikkita filning biri ikkinchisini yiqitib, maydonning chetiga itarib yuborgan. Ularga yaqin o‘tirgan odamlar qochib ketgan.

Sirk vakili «RIA Novosti»ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hech kim zarar ko‘rmagan. Hayvon o‘rgatuvchilar tajovuzkor filni haydab, jonivorlarni ajratib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, 13 martdan boshlab Qozon sirkida «Fillar shousi va sirk sehri» dasturi doirasida tomoshalar bo‘lib o‘tmoqda. Sirkdagi fillar jangidan so‘ng, «texnik sabablarga ko‘ra» o‘sha kuni soat 17: 00 ga belgilangan tomosha bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tataristonda sirk tomoshasi paytida fillar urishib ketdi (video)