Foto: «twitter.com/boulderpolice»
Avvalroq AQSHning Kolorado shtati Boulder shahridagi supermarketda yuz bergan otishmada o‘n kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.
AQSH prezidenti Jo Bayden Koloradodagi otishmada halok bo‘lganlar uchun 27 martga qadar motam e’lon qildi, deya xabar berdi Oq uy.
Baydenning ko‘rsatmasiga binoan, seshanba kunidan boshlab tushirilgan AQSHning davlat bayroqlari 27 mart kuni quyosh botgunga qadar shu holatda qoladi.
Asl kelib chiqishi suriyalik bo‘lgan AQSH fuqarosi Ahmad al-Issa Kolorado shtati Boulder shahridagi do‘konda otishma sodir etgan. Oqibatda 10 kishi, jumladan, bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan. Qurollangan shaxs jarohatlangan holda hibsga olingan. Bugun u shifoxonadan qamoqxonaga ko‘chirilishi kutilmoqda. Shundan so‘ng unga ayblov e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

AQSHning 12 ta shtati iqlim haqidagi farmon tufayli Jo Bayden ustidan sudga da’vo kiritdi

AQSHda besh kunlik motam e’lon qilindi

Afg‘onistonda yuz bergan portlash oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Nur-Sultondagi qahvaxonada portlash sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Oltin konida 50 nafar ishchi halok bo‘ldi

AQShlik 1500 kishi mast holatda Kanada tomon qayiqlarda suzib ketib qoldi