08:38 / 24.03.2021
1 671

Berdimuhamedov Navro‘z kuni tug‘ilgan toychoqqa Ashxobod deb nom qo‘ydi va poytaxtga bag‘ishlab she’r yozdi

Berdimuhamedov Navro‘z kuni tug‘ilgan toychoqqa Ashxobod deb nom qo‘ydi va poytaxtga bag‘ishlab she’r yozdi
Foto: «Xronika Turkmenistana»
Gurbanguli Berdimuhamedov 22 mart kuni Turkmaniston prezidentining Axaltekin ot majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Xronika Turkmanistana» xabar berdi.

Majmuada davlat rahbariga parvarishi bilan o‘zi shug‘ullangan Akxan otidan birinchi toychoq tug‘ilgani haqida «xushxabar» yetkazildi.

«Milliy bahor bayrami kunlaridan birida yangi toychoqning tug‘ilishi mamlakat hayotidagi muhim sanalarning ajoyib voqealar bilan birlashganligining ramzi bo‘ldi», — deb yozdi Turkmaniston Davlat axborot agentligi (TDH).

Gurbanguli Berdimuhamedov yangi tug‘ilgan toychoqning bo‘yniga onasi Ogulabat aya to‘qigan jabduqni taqib qo‘ydi. Toychoq mamlakat mustaqilligining 30 yilligi va poytaxtning 140 yilligi nishonlanayotgan yilda tug‘ilgani uchun prezident uni Ashxobod deb nomladi.

TDH’ning ma’lum qilishicha, 2017 yilda Akxanni egarlagan chavandoz jang san’atlari bo‘yicha yopiq inshootlarda o‘tkazilgan V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida mash’alani yoqqan edi. 2018 yilda Akxan o‘sib-ulg‘ayib, 10 metr masofani 4,19 soniyada bosib o‘tdi va ushbu nominatsiyada jahon rekordini yangiladi.

Foto: «Xronika Turkmenistana»
Keyin prezident ijod bilan shug‘ullanishga qaror qildi va poytaxt tarixiga hamda uning zafarlariga bag‘ishlangan «Ashxobod» nomli navbatdagi kitobini yozishda davom etdi.

Davlat axborot agentligining xabar berishicha, kitobni yozish davomida davlat rahbari «ilmiy ma’lumotlar va ishonchli adabiy manbalarga tayanadi».

TDH’ning ta’kidlashicha, toychoqning Navro‘z bayrami va Ashxobodning 140 yilligiga tayyorgarlik paytida tug‘ilgani Gurbanguli Berdimuhamedovni «Mening oppoq shahrim — Ashxobod» she’rini yozishga ilhomlantirdi.

Osiyo marvaridi,
Oppoq shahrim — Ashxobod!
Birodarlik, do‘stlik maskani,
Oppoq shahrim — Ashxobod!

Kopetdag tog‘larining hamda
Qoraqum naqshlari vatani,
Oq gullar chamani,
Oppoq shahrim — Ashxobod!

Ashxobod!
Bunda kim bor baxtiyor emas?!
Ashxobod!
Gullar shahri.

Turkmaniston. Vatan. Ashxobod!
Oppoq shahrim — Ashxobod!
Menga tog‘lar beradi quvvat,
Menga bog‘lar beradi ilhom,

Quvonchdan kuylaydi yuragim,
Oppoq shahrim — Ashxobod!
Haqiqatan qanot olaman
va sevgingla yashayman,
Yurakdan vatan deb atayman,
Oppoq shahrim — Ashxobod!

Foto: «Xronika Turkmenistana»
Shu kuni prezident buyrug‘i bilan Prezident Axaltekin otlari sport majmuasining otboqariga «Turkmaniston xalq otboqari» unvoni berildi.

Nurali Rahimovga «jannat» otlarining shuhratini dunyoga tanitishdagi turkman xalqining milliy g‘ururi, ot naslchilik sanoatini rivojlantirish, yosh avlodga ot minish va ularni egallashning nozik tomonlarini o‘rgatish, shuningdek, erishilgan yuqori ko‘rsatkichlar va ko‘p yillik vijdonan mehnatini hisobga olgan holda, katta xizmatlari uchun faxriy unvon berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Berdimuhamedov Navro‘z kuni tug‘ilgan toychoqqa Ashxobod deb nom qo‘ydi va poytaxtga bag‘ishlab she’r yozdi