10:53 / 27.03.2021
1 859

Bayden Putinni iqlim bo‘yicha muzokaralarga taklif qildi

Bayden Putinni iqlim bo‘yicha muzokaralarga taklif qildi
Foto: «RIA Novosti»
AQSH prezidenti Jo Bayden Vladimir Putinni 40 nafar dunyo rahbari ishtirokidagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralarga taklif qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Avvalroq Amerika rahbari taklif etilganlar orasida Rossiya va Xitoydagi hamkasblari ham borligini aytgandi. Baydenning aytishicha, Putin va Si Szinpin bundan xabardor, garchi prezident ular bilan bu masalani shaxsan muhokama qilmagan bo‘lsa ham.

Xabarga ko‘ra, muzokaralar 22-23 aprel kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Oq uy tomonidan e’lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, sammitga Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya va Yaponiya rahbarlari va boshqalar taklif etilgan.

Vashington ta’kidlashicha, sammitda jahon hamjamiyatining iqlim muammolari bo‘yicha yanada qat’iy harakatlarining iqtisodiy foydalari haqida muzokaralar bo‘lib o‘tishi kerak.

Avvalroq Amerika rasmiylari aprel oyidagi muzokaralarda atrof-muhitga zararli chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirishga e’tibor qaratilishi haqida aytib o‘tishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Putinni iqlim bo‘yicha muzokaralarga taklif qildi