13:13 / 28.03.2021
1 925

Bayden Putin va Szinpinni iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga chorladi

Bayden Putin va Szinpinni iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga chorladi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinni 22—23 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan va 40 nafar dunyo yetakchisi ishtirok etadigan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan onlayn-formatdagi uchrashuvga taklif qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Bayden jurnalistlar bilan suhbatda iqlim o‘zgarishlari muhokama qilinadigan navbatdagi sammitga taklif qilinganlar qatorida Rossiy prezidenti va Xitoy rahbari ham borligini ma’lum qilgan. AQSH prezidenti ularning ushbu taklifdan xabardorligi, biroq bu borada ikki davlat rahbarlari bilan shaxsan suhbatlashmaganini aytgan.

Oq uy e’lon qilgan ro‘yxatga ko‘ra, sammitga Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya va Yaponiya davlatlarining rahbarlari taklif etilgan.

Vashington onlayn translyatsiya qilinadigan sammitda iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha jahon hamjamiyatini qiynayotgan, tezkor ravishda hal etilishi taqozo qilinadigan muammolar, iqtisodiy tarafdan foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tashabbuslar muhokama qilinishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Putin va Szinpinni iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan sammitga chorladi