10:36 / 29.03.2021
2 012

Britaniyada eshiklarni tumshug‘i bilan taqillatib, odamlarni qo‘rqitib kelayotgan oqqush (video)

Britaniyada eshiklarni tumshug‘i bilan taqillatib, odamlarni qo‘rqitib kelayotgan oqqush (video)
Kadr: SWNS
Britaniyadagi Nortgempton shahrida joylashgan tumanlardan birining aholisi besh yildan buyon uyma-uy yurib, tumshug‘i bilan eshiklarni taqillatadigan va eshikdagi pochta qutisi qopqog‘ini jaranglatadigan Sedrik laqabli oqqushdan bezor. Qush uch soat davomida shovqin ko‘tarishi mumkin, deb yozadi Esquire.

Nortgemptonlik Stiven Leggning so‘zlariga ko‘ra, oqqush deyarli sakkiz yildan buyon yaqin atrofdagi ko‘lda o‘z jufti bilan yashaydi, biroq dastlabki yillarda u hech kimga zarar bermagan. So‘nggi besh yil ichida esa qush bahordan boshlab yoz oxiriga qadar mahalliy aholining «joniga tegadi». Sedrik hech qanday zarar yetkazmaydi, biroq yoqimsiz shovqin butun uy bo‘ylab tarqaladi.

Stivenning aytishicha, u bir safar oqqushlarni qo‘rqitadigan ultratovushli qurilmani sotib olgan, ammo bu Sedrikka yoqib qolgan. Shunda britaniyalik pochta qutisi qopqog‘ini yopib, oqqushdan qutilmoqchi bo‘lgan, biroq buning oqibatida u bir oy pochta qabul qila olmagan.

Hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha qirollik jamiyatining taxminicha, Sedrik hasharotlarni yo‘q qilishga urinmoqda. Biroq Stivenning ta’kidlashicha, pochta qutisida hech qanday hasharot yo‘q, ko‘ldagi oqqushlarni esa deyarli barcha oziqlantiradi, shu sababli ular doimo to‘q.

Boshqa versiyaga ko‘ra, odamlar Sedrikni kirish eshigi oldida ovqatlantirgan va u bunga ko‘nikib qolgan. Stiven hech qachon bunday qilmaganini ta’kidlaganiga qaramay, oqqushning hujum ob’ektiga aylanib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada eshiklarni tumshug‘i bilan taqillatib, odamlarni qo‘rqitib kelayotgan oqqush (video)