11:28 / 31.03.2021
1 527

Turkiya o‘z vaksinasini ishlab chiqarmoqchi: ukoldan qo‘rqadiganlar uchun ayni muddao

Turkiya o‘z vaksinasini ishlab chiqarmoqchi: ukoldan qo‘rqadiganlar uchun ayni muddao
Foto: «Haberler»
Yaqinda turkiyalik olimlar koronavirusga qarshi intranazal vaksinani klinik sinovdan o‘tkazishga kirishadilar. Uni joriy yilda qo‘llashni rejalashtirmoqda. Bu haqda 30 mart kuni Turkiya sanoat vaziri Mustafo Varank ma’lum qildi, deb yozadi «Haberler».

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, burun spreyi ko‘rinishidagi preparat oldingi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Varnakning aniqlik kiritishicha, bunday vaksinani klinik sinovlardan o‘tkazishning birinchi bosqichi «tez orada boshlanadi».

Barcha klinik sinovlar tugagandan so‘ng Turkiya intranazal vaksinani 2021 yilda ishlatishni boshlashni rejalashtirmoqda.

Olimlarning aytishicha, burun spreyi ko‘rinishidagi vaksina koronavirus infeksiyasiga qarshi samaraliroq kurashadi.

O‘tgan yilning noyabr oyida Turkiya koronavirusga qarshi o‘z vaksinasi klinik sinovlarining birinchi bosqichini boshlagandi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on xabar berganidek, bu vaksina 2021 yilning bahorida tayyor bo‘lishi mumkin.

Turkiyada aholini koronavirusga qarshi keng ko‘lamli emlash ishlari 14 yanvarda boshlandi. Xususan, vaksinatsiya Xitoyning Sinovac Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CoronaVac preparati bilan amalga oshirilmoqda.

«Worldometer» portali hisob-kitoblariga ko‘ra, 30 mart holatiga ko‘ra, Turkiyada 3,2 milliondan ortiq COVID-19 holati qayd etilgan, 31,3 ming kishi vafot etgan, 2,9 million kishi tuzalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya o‘z vaksinasini ishlab chiqarmoqchi: ukoldan qo‘rqadiganlar uchun ayni muddao