14:53 / 03.04.2021
1 353

Turkiyada uysiz mushuk kasal bolalarini shifoxonaga olib bordi (video)

Turkiyada uysiz mushuk kasal bolalarini shifoxonaga olib bordi (video)
Foto: Esquire
Turkiyaning Izmir shahrida mushuk bolalarini mahalliy shifoxonaga olib bordi. Turk OAV tomonidan yoritilgan ushbu voqeaga Bored Panda loyihasi e’tibor qaratdi, deb yozadi Esquire.

Bolalarini tishlab olib kelgan mushukni ko‘rgan shifoxonadagi odamlar ikki tomonga surilib, uni o‘tkazib yuborish uchun yo‘l ochgan. Tibbiyot xodimlari mushuk bolalarining ko‘ziga infeksiya tushgani va shu sabab ko‘zlarini ocha olmayotganini aniqlagan.

Shifokorlar tekshiruvdan keyin hayvonlar shifoxonasiga konsultatsiya uchun murojaat qilgan. Natijada mushuklar oilasiga zarur yordam ko‘rsatilgan, mushukchalar ko‘zini ochgan. Davolash ishlari yakuniga yetgan, endilikda ularga yangi ega qidirilmoqda, deyiladi xabarda.

Tibbiyot xodimlari avval mazkur mushukni boqqani, ammo uning bolalaganidan xabari bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Uning bolalari bilan tashrifi shifokorlarni hayratda qoldirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada uysiz mushuk kasal bolalarini shifoxonaga olib bordi (video)