14:04 / 05.04.2021
1 919

Amerikada 10 daqiqaga qarovsiz qoldirilgan avtomobil minglab asalarilarning uyasiga aylandi

Amerikada 10 daqiqaga qarovsiz qoldirilgan avtomobil minglab asalarilarning uyasiga aylandi
Foto: Facebook / @LasCrucesFireDepartment
AQSHning Nyu-Meksiko shtatida istiqomat qiluvchi fuqaro mashinasining oynasi ochiq holda 10 daqiqaga qarovsiz qoldirgan va qaytib kelganida o‘n minglab asalaridan iborat uyaga duch kelgan, deb xabar beradi Esquire.

Erkak mashinasini avtoturargohga joylashtirib, supermarketga kirib ketgan. Qaytib kelib, hech narsadan bexabar mashinaga o‘tirgan va uni boshqarib ketgan — ko‘p o‘tmay u orqa o‘rindiqdagi asalarilarni payqab qolgan. Amerikalik shu zahoti 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Voqea joyiga yetib kelgan favqulodda xizmat xodimiga hashoratlarni qutiga solishi uchun yarim soat kerak bo‘lgan. Qutqaruvchi asalarichi bo‘lgani sabab ularni uyiga olib ketgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bahorda asalarilar to‘dasi bo‘linadi va ular ona asalari ortidan yashash uchun yangi joy qidirishga tushadi. Aftidan, mashina ularga vaqtincha yashash uchun jozibador ko‘ringan.

Sodir bo‘lgan voqea oqibatida hech kimga jarohat yetmagan. Faqatgina savdo markazi qo‘riqchisining labidan bir asalari chaqib olgani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada 10 daqiqaga qarovsiz qoldirilgan avtomobil minglab asalarilarning uyasiga aylandi