14:00 / 06.04.2021
2 569

Yegulikni olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilib, uxlab qolgan tipratikan (video)

Yegulikni olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilib, uxlab qolgan tipratikan (video)
Kadr: Twitter
Twitter’dagi VetJeneva niki ostidagi foydalanuvchi stol ustidagi yegulikni olishga urinayotgan tipratikanning videosini e’lon qildi.

Videodan ko‘rish mumkinki, hashoratxo‘r yegulikni olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan. Tipratikan ovqat oldiga sudralib kelgan va tilini cho‘zgan, biroq uxlash istagi ochlikdan ko‘ra kuchliroq ekani ma’lum bo‘lgan. Hayvon esnab, yonboshlab yiqilib tushgan.

Post muallifining so‘zlariga ko‘ra, u «farishtalar duosi ketgan video»ni 40 daqiqa tomosha qilgan, foydalanuvchilar esa izohlarga tipratikanni o‘zlariga o‘xshatganini yozib qoldirmoqda.

YouTube’dagi MrWannaBest kanali muallifi juda badjahl tipratikanning bir onda xursand qilishning usuli bilan bo‘lishdi. Hayvonning shirinlikka bo‘lgan reaksiyasi uning naqadar uyqusi kelganini ko‘rsatib bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yegulikni olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilib, uxlab qolgan tipratikan (video)