08:30 / 07.04.2021
1 577

Iordaniyada to‘ntaruvga urinishda gumon qilinayotgan shahzoda podshohni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Iordaniyada to‘ntaruvga urinishda gumon qilinayotgan shahzoda podshohni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Hamza ibn Husayn / Foto: Reuters
Iordaniyaning sobiq valiahd shahzodasi, davlat to‘ntaruviga urinishda gumon qilinib uy qamog‘iga olingan Hamza ibn Husayn akasi – Iordaniya podshohi Abdulla IIni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi maktubni e’lon qildi.

Iordaniya poytaxti Ammonda 4 aprelga o‘tar kechasi davlat to‘ntaruviga urinishning oldi olingani ma’lum qilingandi. Ushbu voqealar yuzasidan podshohlik oilasi a’zosi Sharif Hasan bin Zayd va podshoh Abdulla IIning sobiq maslahatchisi Bassam Avadalla hamda bir qator yuqori lavozimli amaldorlar hibsga olingan. Shuningdek, podshohning ukasi Hamza ibn Husayn uy qamog‘iga olingani ma’lum qilgandi. Keyinroq u audioyozuvda armiyaning sukut saqlash haqidagi buyrug‘iga bo‘ysunmasligini aytgan.

9News nashrining xabar berishicha, podshohlik saroyi Twitter-akkauntida shahzodaning podshoh atrofida birlashishga chaqiruvchi maktubi e’lon qilingan.

Oxirgi 2 kunda yuz bergan voqealar ortida men o‘zimni oliy hazratlari qo‘liga topshiraman va ajdodlarimiz o‘giti, ularning merosiga hamisha sodiq bo‘lib qolaman. Men Iordaniya Hoshimiylar podshohligi konstitutsiyasiga sodiq qolaman va hamisha podshoh hazratlarini qo‘llab-quvvatlayman”, deb yozgan shahzoda o‘z maktubida.

Shahzoda maktubning chap pastki burchagida hozirda o‘z amakisi – shahzoda Hasan uyida ekanini yozgan.

Milliy manfaatlar hamma narsadan ustun bo‘lishi kerak va barchamiz podshoh hazratlarining Iordaniya va uning manfaatlarini himoyalashdagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashimiz hamda Iordaniya xalqi uchun eng yaxshi narsalarni ta’minlashimiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan shahzoda.

Podshoh Abdulla II shahzoda Hamzani 2004 yilda valiahd shahzoda maqomidan mahrum etib, ushbu maqomni hozirda 26 yoshda bo‘lgan o‘g‘li Husaynga bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iordaniyada to‘ntaruvga urinishda gumon qilinayotgan shahzoda podshohni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi