08:30 / 08.04.2021
870

Kim Kardashyan ilk bor Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

Kim Kardashyan ilk bor Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi
Foto: Hello
40 yoshli model va teleyulduzning ismi Forbes jurnalining sayyoradagi eng badavlat kishilar ro‘yxatiga birinchi marta kiritildi. Bu haqda Hello nashri xabar beradi.

Jurnal tomonidan 1987 yildan buyon tuzib kelinadigan yillik reyting 2021 yilning 6 aprel kuni e’lon qilingan. Kardashyanning moliyaviy ahvolini 1 milliard dollar deb baholagan ekspertlar 2020 yilning oktabrida uning aktivlari 780 million dollar bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

Kim bunday daromadga yiliga 10 million dollar olib kelgan Keeping Up With The Kardashians realiti-shousi va Instagram sahifasidagi reklama postlari sabab ega bo‘lgan. Ammo mablag‘ning katta qismi uning shaxsiy brendlari KKW Beauty va Skims ortidan kelgan. Bugungi kunda Skims 500 million dollarga baholanadi, undagi Kimning ulushi esa 225 millionni tashkil qiladi.

Yana 200 million dollarga esa KKW Beauty aksiyalarining bir qismini sotganidan keyin erishgan. Ekspertlar Kane Uest bilan ajrashish jarayoni yakuniga yetmagunicha modelning moliyaviy ahvoli yuqori darajada bo‘lishini ta’kidlagan. Juftlikning umumiy mol-mulkni qanday bo‘lishishi haqida esa hozircha ma’lumot yo‘q.

Foto: Hello
2020 yilning aprelida Kim Kardashyanning 22 yoshli singlisi Kayli Jenner Forbes reytingiga ko‘ra, eng yosh milliarder deb topilgan, ammo keyinroq modelning boyligi qaytadan baholanib, uni milliarder deb atamaslikka qaror qilingan.

Foto: Hello
2020 yilning yozida Kim norasmiy ravishda milliarder maqomiga ega bo‘lgan. Iyun oyida Coty kompaniyasi Kimning KKW Beauty brendining 20 foiz aksiyasini 200 million dollarga sotib olishga qaror qilgan. Financial Times gazetasi Kardashyanning biznesining umumiy narxi 1 milliard dollardan iboratligini ma’lum qilgan. Kardashyan xonim brendning asosiy rahbari bo‘lish va uning rivojlanish strategiyasini tanlash huquqini saqlab qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Kim Kardashyan ilk bor Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng badavlat insonlari ro‘yxatidan o‘rin oldi