09:00 / 08.04.2021
1 965

Mozambikda terrorchilar tomonidan egallab olingan shahar ozod qilindi

Mozambikda terrorchilar tomonidan egallab olingan shahar ozod qilindi
Foto: «Deon.pl»
Mozambik prezidenti Filipe Nyusi aholiga qilgan videomurojaatida terrorchilar tomonidan bosib olingan Palma shahri ozod qilinganini e’lon qildi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar berdi.

«Terrorchilar Palma shahridan quvib chiqarildi, lekin to‘liq g‘alaba haqida e’lon qilishga hali erta, chunki biz terrorizm bilan hodisa sifatida kurashyapmiz», — deb ta’kidladi prezident.

Nyusi ekstremistlar sababli yuzaga keladigan muammolarga qarshi turish uchun Mozambik jamiyatini birlashishga chaqirdi.

«Harbiylar va tinch aholi o‘rtasida to‘liq ishonch, o‘zaro hamkorlik bo‘lmasa, hech qanday g‘alabaga erishib bo‘lmaydi», — dedi prezident.

Ma’lumot uchun, 24 mart kuni qurollangan jangarilar Palma shahrini egallab olgandi.

Shuningdek, Turkiya sudi to‘rt kishini 2016 yil 12 nafar germaniyalik sayyohning o‘limiga sabab bo‘lgan Istanbuldagi teraktlarda aybdor deb topib, ularni bir umrlik qamoq jazosiga hukm qildi.

Shu bilan birga, Malining shimolida jangarilarning harbiy bazalardan biriga hujum qilishi oqibatida 33 nafar harbiy halok bo‘ldi. Nigeriyada esa ISHIDga aloqador terrorchilar mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan BMT bazasini o‘qqa tutdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mozambikda terrorchilar tomonidan egallab olingan shahar ozod qilindi