11:55 / 08.04.2021
1 612

Iordaniya podshohi mamlakatdagi isyon bostirilganini e’lon qildi

Iordaniya podshohi mamlakatdagi isyon bostirilganini e’lon qildi
Foto: Global Look Press
Iordaniya podshohi Abdulla II hamyurtlariga murojaatida mamlakatda isyonga tayyorgarlik bostirilganini e’lon qildi. 4 aprelga o‘tar kechasi Iordaniya poytaxti Ammonda davlat to‘ntaruviga urinish oldi olingandi.

Petra nashrining xabar berishicha, podshoh o‘z murojaatida armiya va xavfsizlik kuchlari isyonni boshlang‘ich bosqichida bostira olganini ma’lum qilgan.

Bugun men sizga murojaat qilmoqdaman. Podshohlikning barqarorligi va xavfsizligiga hech kim va hech narsa rahna solmayapti. Sizni ishontirib aytishim mumkinki, nifoq to‘xtadi”, deb aytgan podshoh o‘z murojaatida.

Abdulla IIning ta’kidlashicha, oshkor qilingan fitnada ichki va tashqi kuchlar ishtirok etgan. Podshoh to‘ntaruvga urinishga aloqadorlikda ayblanayotgan ukasi - sobiq valiahd shahzoda Hamza ibn Husayn “hozirda saroyda o‘z oilasi bilan birga ekanini, uning masalasi oila ichida hal qilinishini” aytgan.

Iordaniyada davlat to‘ntaruviga urinishda gumon qilinib podshohlik oilasi a’zosi Sharif Hasan bin Zayd, Abdulla IIning sobiq maslahatchisi Bassam Avadalla va shahzoda Hamza hibsga olingandi. Bundan tashqari, bir necha yuqori lavozimli zobitlar, mahalliy beduin qabilalari yetakchilari va nomi oshkor qilinmagan razvedka agentligi a’zolari ham hibsga olingan.

Abdulla II Iordaniyaga 1999 yildan beri hukmdorlik qilib keladi. U taxtni egallaguncha podshohlik armiyasi maxsus kuchlariga qo‘mondonlik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iordaniya podshohi mamlakatdagi isyon bostirilganini e’lon qildi