10:00 / 09.04.2021
2 318

Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi

Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi
Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy mamlakatda bo‘lish maqomi paydo bo‘ladi. Bunday choralar yangi "Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish (chiqish) va mamlakatda bo‘lish (yashash) shartlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasida nazarda tutilgan.

Uchta asosiy migratsiya maqomi joriy etilmoqda: mamlakatda qisqa muddat bo‘lish (90 sutkagacha), uzoq muddat bo‘lish va doimiy yashash, uning doirasida chet el fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy ravishda yashashlari mumkin", - deb javob berishdi Rossiya IIV Sputnik O‘zbekiston so‘roviga.

Hozirgi vaqtda Rossiyadagi chet el fuqarolari uchta huquqiy maqomga ega: Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha bo‘lganlar, vaqtincha yashayotganlar va doimiy yashayotganlar.

Vazirlik aniqlik kiritishicha, mamlakatda qisqa muddat bo‘lish yil davomida Rossiyada jami 90 sutkadan ortiq bo‘lmagan vaqtni tashkil etadi (hozir 180 sutka ichida 90 kun). Uzoq muddatli mamlakatda bo‘lish rejimi – bu 90 sutkadan ortiq vaqt davomida Rossiya Federatsiyasida qonuniy ravishda bo‘lgan chet elliklar uchun yagona migratsiya rejimi.

"Agar Rossiya Federatsiyasida bo‘lish shartlari o‘zgarsa yoki unga ruxsat berilgan holatlar mavjud bo‘lmay qolsa, chet el fuqarosining mamlakatda bo‘lish uchun ruxsat berilgan muddat uzaytiriladi yoki qisqaradi", - deb qo‘shimcha qilindi vazirlikda.

Migrantlarning farzandlari, agar ota-onalari Rossiyada ishlasa, uzoq muddatli yashash uchun ruxsatnoma olishlari mumkin.

Bundan tashqari, endi chet elliklar Rossiya fuqaroligini olish uchun yashash guvohnomasini olishlari kerak. O‘z navbatida, yashash guvohnomasi kvota doirasida olingan vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi mavjud bo‘lganda beriladi. Yangi qonun kuchga kirgach, doimiy yashash asosiy migratsiya maqomiga aylanadi va kelgusida chet elliklarga Rossiya fuqaroligini olish uchun davogarlik qilish imkoniyatini beradi.

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil yanvar-fevral oylarida 1 million 84 ming fuqaro migratsiya hisobiga olingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kam.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrantlar uchun 3ta asosiy maqom joriy etiladi