11:00 / 09.04.2021
2 319

NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali

NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
NATO aralashuvi tufayli Ukraina janubi-sharqida bir necha viloyatlardan ajralib qolishi mumkin, dedi Ukraina Xavfsizlik xizmati sobiq general-mayori Vasiliy Vovk "Nash" telekanali efirida.

NATO ishtirokisiz biz ushbu urushda g‘alaba qozona olmaymiz. Buni hamma biladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, agar biz NATOga kirsak NATO Rossiya bilan urushga tayyormi? Menimcha buning ehtimoli kam”, - dedi sobiq general.

NATO tufayli eng yomon ssenariy sodir bo‘lishi mumkin. Biz ularni chap qirg‘oqqa olib kiramiz, keyin esa ular Gruziyada bo‘lganidek, kechirasizlar, biz chekinamiz deb ortga qaytadi. Oqibatda Xarkov, Donetsk, Xerson, Nikolayev viloyatlari tashqarida qoladi", — dedi Vovk.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kundan beri NATO harbiy samolyotlari Ukraina hududiga qandaydir yuklarni tashib kelmoqda. Biroz oldin esa Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyatni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan muhokama qilganini va uni faqat NATO yordamida hal qilish mumkinligini xabar qilgan edi.

Rossiya ehtiyot chorasida o‘z qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaraga yaqin hududlarga olib kelmoqda. So‘nggi bir necha kun davomida esa butun Rossiya bo‘ylab harbiy kuchlarning barcha bo‘linmalarida o‘quv mashg‘ulotlari va qo‘shinlar tayyorligini tekshirish mashqlari bajarilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali