19:39 / 10.04.2021
2 596

AQSHning «qora ro‘yxati»ga Xitoyning yana 7ta kompaniyasi qo‘shildi

AQSHning «qora ro‘yxati»ga Xitoyning yana 7ta kompaniyasi qo‘shildi
Foto: AQSH Savdo vazirligi
AQSH Savdo vazirligining Sanoat va xavfsizlik byurosi mamlakat milliy xavfsizligi yoki tashqi siyosiy manfaatlariga zid bo‘lgan faoliyatni amalga oshirishda gumon qilib, Xitoynig 7 ta superkompyuter kompaniyalarini «qora ro‘yxati»ga qo‘shdi.

Ro‘yxatga quyidagi Xitoy texnologik kompaniyalari kiritilgan: Tianjin Phytium Information Technology, Shanghai High-Performance Integrated Circuit Design Center, Sunway Microelectronics, National Supercomputing Center Jinan, National Supercomputing Center Shenzhen, National Supercomputing Center Wuxi, va National Supercomputing Center Zhengzhou.

AQSH rasmiylarining hisoblashicha, bu kompaniyalar Xitoy qurolli kuchlari foydalanadigan superkompyuterlarni yaratishda ishtirok etmoqda. Shu bilan birga, to‘plangan ma’lumotlar ommaviy qirg‘in qurollarini yaratish dasturlarida ishlatilishi taxmin qilinyapti.

«Superkompyuterlarning imkoniyati yadro va gipertovushli qurollar singari milliy xavfsizlik tizimlarini rivojlantirish uchun juda muhimdir. Savdo vazirligi harbiy modernizatsiya harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va Xitoyning AQSH texnologiyalaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘z vakolatlaridan to‘liq foydalanadi», deyilgan vazirlik bayonotida.

2019 yil yozida AQSHda Xitoyning Huawei kompaniyasi xitoylik harbiylar bilan bog‘langani va ularga aloqa hamda sun’iy ong tizimlarini ishlab chiqishda yordam berishi ma’lum qilingan. Shundan keyin Pentagon Xitoy armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qiluvchi Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini tuza boshlagan.

Dastlab bu ro‘yxatga Huawei, videokuzatuv tizimlari ishlab chiqaruvchi Hikvision kompaniyasi, CRCC konserni va yana 28ta kompaniya kiritilgan.

Shuningdek, AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrda amerikaliklarga Xitoyning harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘langan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritishni taqiqlagandi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning «qora ro‘yxati»ga Xitoyning yana 7ta kompaniyasi qo‘shildi