19:11 / 11.04.2021
3 326

Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi

Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi
Foto: Ensplash
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida politsiyachilar huquqbuzarlarga oldingiga qaraganda kamroq duch kela boshlaganliklaridan hayron bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, bu tasodif emas: jinoyatchilar politsiyachilarni kuzatish uchun ularning mashinasiga GPS-treker o‘rnatgan, deb xabar beradi Esquire.

Global Times’ning yozishicha, «Tom va Jerri» multserialida uchratish mumkin bo‘lgan ayyor nayrangni huquq-tartibot organining transport bo‘limidagilar payqab qolgan. Ushbu bo‘lim mahalliy avtomobillarni nazorat qilish, xavfsizlikni ta’minlash va yuklarni tashish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bilan shug‘ullanadi.

Politsiyachilarga jinoyat kamaygandek tuyulganiga qaramay, mahalliy aholi noqonuniy yuk tashuvlari bo‘yicha shikoyatlar bildirishni davom etgan.

Shundan so‘ng, politsiya xodimlari patrul mashinalarini tekshirishga qaror qilgan va ikkita avtomobildan qonunbuzarlarga politsiyachilarning qayerda ekani haqida ma’lumot berib turgan GPS-trekerlarni topgan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim foydalanuvchilar jinoyatchilarning jasurligidan hayratga tushgan bo‘lsa, boshqalar yomon niyatli kimsalar bu kabi GPS-trekerlarni oson sotib olishi mumkinligidan tashvishda.

«Tom va Jerri» multfilmining bir seriyasida Jerri Tomga qong‘iroq ilishga urinadi, boshqa bir epizodda esa sichqon Tom bilan uchrashganida itni chaqirish uchun qo‘ng‘iroqdan foydalanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik politsiyachilarni «Tom va Jerri»dagi usul orqali chuv tushirishdi