10:43 / 13.04.2021
2 671

Braziliyada Iso Masihning yangi haykali qurilmoqda, u birinchisidan ham kattaroq bo‘ladi

Braziliyada Iso Masihning yangi haykali qurilmoqda, u birinchisidan ham kattaroq bo‘ladi
Foto: Getty Images
Braziliyaning janubida joylashgan Enkantado shahrida Iso Masihning yangi haykali o‘rnatiladi. U Rio-de-Janeyro shahridagi 38 metrlik mashhur Najotkor Masih haykalidan baland bo‘ladi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Enkantadodagi Himoyachi Masih haykali (43 metr) dunyodagi uchinchi eng baland Iso yodgorligiga aylanadi. Ikkita eng baland yodgorlik Indoneziya (52,55 metr) va Polsha (52,5 metr) davlatlarida joylashgan.

Ishchilar qo‘l va bosh qismini montaj qilib bo‘ldi. Hozir karkas asosida lift shaxtasi va kuzatuv maydonchasi barpo etilmoqda. Qurilish ishlarini yakunlash 2021 yilning oxiriga mo‘ljallangan.

Qiymati 350 ming dollar bo‘lgan yangi qadamjoning g‘oyasi 2021 yilning mart oyida koronavirusdan vafot etgan mahalliy siyosatchi Adroaldo Konzattiga tegishli bo‘lib, u oddiy aholi hamda kompaniyalar tomonidan qilingan xayriyalar evaziga moliyalashtirildi.

Ma’lumot uchun, Angliyaning janubi-sharqidagi Vinchester universiteti hududida ham ekofaol Greta Tunbergning haykali o‘rnatildi. Haykalni o‘rnatish uchun ta’lim muassasasi 24 ming funt sterling (taxminan 33 ming dollar) sarfladi.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Petrograd okrugidan o‘tuvchi Karpovka daryosi bo‘yida COVID-19 pandemiyasi davrida vafot etgan tibbiyot xodimlarining xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik ochildi. Ushbu haykalga «G‘amgin farishta» nomi berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada Iso Masihning yangi haykali qurilmoqda, u birinchisidan ham kattaroq bo‘ladi