11:44 / 14.04.2021
1 326

Maqsad Moskvani jazolash: Rossiya SWIFTdan uzilsa nima bo‘ladi?

Maqsad Moskvani jazolash: Rossiya SWIFTdan uzilsa nima bo‘ladi?
Rossiyani global banklararo aloqa tizimi - SWIFTdan uzish bilan bu safar nafaqat AQSH balkim Yevropa ham po‘pisa qilmoqda. Bu safar Yevroparlamentda ana shunday chorani qo‘llashga chaqirishdi. Ushbu tahdid nimasi bilan xavfli va Rossiya moliya tizimi bunga tayyormi?

Yana o‘sha eski po‘pisalar
Xalqaro banklararo axborot almashuv tizimi SWIFTga 11 mingdan ortiq tashkilotlar ulangan. Rossiya SWIFT foydalanuvchilari orasida eng yirik uchlikka kiradi. 2014 yildan buyon Rossiyaga SWIFT tizimidan uzib qo‘yish bilan po‘pisa qilishmoqda. Sabablar turlicha – ular orasida Qrim ham Donbass ham, Skripallar ishi ham bloger Aleksey Navalniy ham bor. AQSH yangi prezidenti Jo Bayden ham kursiga o‘tirishi bilanoq, Rossiyani SWIFTdan o‘chirishni va’da berdi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Reuters, Bayden jamoasidagi manbaaga tayangan holda, demokrat prezidiyent Moskvani AQSH prezidenti saylovlarga “aralashishda” ayblab, jazolash niyati borligini ma’lum qilgan edi.

Bu Rossiya uchun jiddiy iqtisodiy, moliyaviy va texnologik yo‘qotishlarga olib kelishi kerak, deyilgan edi xabarda. Jozo choralaridan biri Rossiyani SWIFTdan o‘chirish bo‘lishi mumkin degan edi o‘shanda Jeyms Endryu Lyuis, Vashingtondagi Strategik va xalqaro izlarishlar Markazining kiberxavfsizlik bo‘yicha eksperti.

Aprel oyida Ukraina sharqida vaziyat keskinlashdi. Ushbu mavzu darhol Yevropada muhokamaga ko‘tarildi. Yevroparlamentdagi yetakchi partiyalardan biri bo‘lgan – Yevropa xalq partiyasi fraksiyasi rahbari Manfred Veber aytishiga ko‘ra Moskva "xavfli provokatsiyalar qilishda davom etmoqda".

Uning fikriga ko‘ra, Ukraina bilan chegara yaqinida o‘z harbiylari sonini oshirish bilan Moskva G‘arbning toqatini toq qilmoqda. Shu sababli ham AQSH va YEI bunga muvofiq javob qaytarishi kerak. Yevrodeputat aytishiga qaraganda, vaziyat keskinlashganda “kichik o‘lchamli sanksiyalar kiritish” davri tugaydi. Real kuchli chora sifatida Veber “oligarxlar hisob raqamlarini yoppasiga muzlatib qo‘yishni” va SWIFTda uzib qo‘yishni taklif qildi.

Muammolar bo‘ladi
Bir tomondan Rossiyada o‘z moliyaviy axborot uzatish tizimi bor (SPFS). U 2014 yilda ishga tushirilgan. Barcha Rossiya banklari va YEOII davlatlari jami o‘nga yaqin xorijiy mamlakatlar unga ulangan. Rossiya banklari SWIFTdan uzilgan taqdirda muqobil tizimga o‘tib ishlashda davom etishlari mumkin. Lekin xalqaro to‘lovlar uchun SPFS — hozircha tayyor emas. Shuning uchun ham zarba sezilarli bo‘ladi.

Ekspertlar ko‘rsatishiga qaraganda, dollar va yevroda amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalari hajmi – sezilarli darajada. Ko‘p tovarlar bo‘yicha muqobilini topish murakkab.

SWIFTdan o‘chirish Rossiya banklari transaksiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Eng ko‘p zarar ko‘radiganlar – yirik eksportchilar bo‘ladi. O‘z operatsiyalarini amalga oshirish uchun ular faqat xorijiy banklar xizmatlaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bir necha o‘rtakash banklar paydo bo‘lishi ham mumkin. Bundan YEOII moliya institutlari yutib chiqadi”, - deydi Beta moliya texnologiyalari bosh strategi Ararat Mkrtchyan.

Hammasini hal qilsa bo‘ladi
Lekin, unchalik katta falokat sodir bo‘lmaydi. “Umuman Rossiya banklarini SWIFTdan uzish, kontragentlar orasida bu moliya transaksiyalarining qimmatlashuvi va sekinlashuvini anglatadi xolos. An’anaviy aloqa zanjirlari uziladi, ularni tiklash uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi xolos. Bir ikki hafta ichida buni amalga oshirsa bo‘ladi”, - deydi QBF bosh tahlilchisi Oleg Bogdanov.

Lekin Rossiya rezidentlarining dollardagi hisob raqamlari muzlatib qo‘yilsa, undan bozorlarda sarosima yuz berishi mumkin. Ularni tinchlantirish uchun 1-2 kvartal vaqt kerak bo‘ladi. Lekin oxir oqibat moliyaviy aloqalalar baribir tiklanadi.

Valyuta kurslarining keskin tebranishi ham sodir bo‘lishi aniq. Lekin biroz tushib-chiqishdan so‘ng rubl kursi ham o‘z normasiga qaytadi.

O‘zlariga qimmatg tushadi
Lekin Rossiyani SWIFTdan uzishning boshqacha oqibatlari ham bor. Shuning uchun ham vaziyat po‘pisadan nariga o‘tmaydi degan fikrlar paydo bo‘lmoqda. Birinchidan, SWIFT — bu Rossiya banklaridan daromad olayotgan xususuiy kompaniya. Rossiya banklari SWIFTdan nafaqat xorijiy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda, balkim ichki banklararo o‘tkazmalarda ham foydalanishadi.

SWIFTdan birovni uzish uchun AQSH yoki YEIning SWIFTga qarshi sanksiyasi kerk. Lekin shunday bo‘lgan taqdirda ham, oxir-oqibat ularning o‘zlariga qaytadi.ROssiyaning asosiy xorijiy hamkorlari Yevropa va Amerika kompaniyalaridir.

Rossiya hukumati va kompaniyalar o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajara olmay qolsa, ushbu vaziyat fors-major bo‘lishi mumkin. Rossiya tashqi qarzi miqdori 450 milliard dollarni tashkil qiladi. Demak Rossiya kreditorlarida muammo paydo bo‘lishi mumkin. Undan tashqari asosiy savdo hamkorlari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda muammolar tug‘ilishi mumkin. Ular orasida eng yirigi – Yevropa Ittifoqi. Yevroparlamentdagi chaqiriqlar – bu oddiy populizm xolos” – deydi "Otkritiye Broker” kompaniyasi tahlilchisi Andrey Kochetkov.

SWIFT to‘xtatilsa AQSH uchun ham yaxshi bo‘lmaydi. Birinchidan Vashington, shtab-kvartirasi Belgiyada bo‘lgan SWIFTga faqat nazariy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ikkinchidan, Rossiya ham Amerika banklari va siyosatchilariga qarshi qattiq sanksiyalar kiritishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Maqsad Moskvani jazolash: Rossiya SWIFTdan uzilsa nima bo‘ladi?