23:35 / 14.04.2021
7 677

Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi (video)

Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi (video)
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi Lola Tillayevaning to‘ng‘ich farzandi Maryam rossiyalik YouTube-bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi. To‘y Amerikaning Las-Vegas shahridagi mehmonxonalardan birida bo‘lib o‘tgan, deb yozadi Starhit.

Maryam to‘yda uzun oq ko‘ylak kiygan. Kuyov Amiran esa oq ko‘ylak va shortida bo‘lgan. Ularning nikohini Elvis Presli obrazida kiyingan qora tanli aktyor qayd etgan. Maryam Amirandan 13 yoshga kichik. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bir necha marotaba birga tushgan surat va videolarini namoyish etgan, biroq munosabatlari haqida ochiq gapirmagan edi.

Ma’lumot uchun, Maryam AQSHga bundan yetti yil avval o‘qish uchun ketgan. Amiran ham Moskvadagi ishidan qoniqmagani ortidan Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib ketgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islom Karimovning nevarasi rossiyalik bloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi (video)