07:14 / 15.04.2021
4 796

Britaniyada dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketildi

Britaniyada dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketildi
Foto: Twitter / Vestkysta
Buyuk Britaniyada Darius laqabli dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketilgani e’lon qilindi. Bu haqda G‘arbiy Mersiya huquq-tartibot organlariga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Politsiyachilarning taxminicha, og‘irligi sabab 2010 yilning aprelida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan quyon 12 aprelga o‘tar kechasi o‘g‘irlab ketilgan. Bungacha u o‘z egalarining volerida saqlangan.

Quyonni topgan insonga mukofot puli va’da qilingan. Quyonning egasi — Annet Edvards o‘z jonzotini qaytargan insonga 1000 funt sterling berishga tayyor.

Bundan tashqari, Annetning ta’kidlashicha, Dariusning yoshi o‘tib qolgan va ko‘payish uchun yaroqli emas.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilda Darius laqabli quyon 22 kilogramm vaznga ega bo‘lib, butun dunyoda u bilan raqobatlasha oladigan boshqa quyon yo‘q edi. Darius 2019 yilda bolalagan. Avvalroq Deyv (Dariusning bolasi) ota quyonni «taxt»dan ag‘darishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Hozirda Deyvning og‘irligi 25 kilogrammni, bo‘yi esa 120 santimetrni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketildi