17:07 / 16.04.2021
2 134

Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, odamlarni garovga oldi


Foto: Trend.az
Gruziya poytaxti Tbilisidagi Gruziya banki filiallaridan biriga qurollangan kishi bostirib kirdi va odamlarni  garovga oldi. Bu haqda Gruziyaning «Rustavi 2» telekanaliga tayanib, Meduza xabar berdi.

Aynan nechta odam garovga olinganiga aniqlik kiritilmagan. «Rustavi 2» ma’lumotlariga ko‘ra, bir-ikki kishi garovga olingan.
Hodisa joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib keldi. Politsiya bank filiali yonida joylashgan «Avlabari» metro stansiyasini yopdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki soatlik maxsus operatsiyadan so‘ng politsiya bankka hujum qilgan jinoyatchini hibsga oldi. Garovdagilarning barchasi qo‘yib yuborildi, ularning hech biri jabrlanmagan.

Bundan avval 2020 yil oktabr oyida qurolli jinoyatchi Zugdidi shahridagi Gruziya banki filialida 40 dan ortiq odamni garovga olgan edi. Bosqinchi 500 ming dollar talab qilgan. So‘ralgan pul unga topshirilgan, shundan so‘ng u garovdagilarning barchasini ozod qilib, g‘oyib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyada qurollangan shaxs bankka bostirib kirib, odamlarni garovga oldi