19:43 / 16.04.2021
3 442

«Qora niyat» seriali aktyori O‘nur Tuna va aktrisa Elif Dog‘an uchrasha boshladi


Foto: «KinoTeka»
Muvaffaqiyatli aktyor O‘nur Tunaning shaxsiy hayotiga ko‘pchilikning qiziqish bildirmoqda. «Uchankush TV» yangiliklar portalida aktyor O‘nur Tuna va aktrisa Elif Dog‘an orasida ishqiy munosabatlar boshlangani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, deb yozadi «KinoTeka».

Xabarlarga ko‘ra, juftlikning tanishganiga bor-yo‘g‘i bir oy bo‘lgan va ular kameralar ob’ektiviga tushmaslikka harakat qilmoqda. Shuningdek, ushbu ma’lumotlar juftlik tomonidan tasdiqlanib yoki aksincha, rad etilmagan.

O‘zbek teletomoshabinlariga «Qora niyat» serialida Alixan obrazi bilan tanish bo‘lgan 35 yashar O‘nur hozirda «G‘aroyib doktor» serialida shifokor Ferman rolini ijro etmoqda. 26 yoshli Elif esa «Eh, yoshlik» serialidagi suratga tushish ishlarini qish faslida yakunladi.

Aktrisa bundan avval «Malikam, endi qara», «Chuqur» va «Biz uchun ham xuddi shunday» kabi seriallarda rol ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Qora niyat» seriali aktyori O‘nur Tuna va aktrisa Elif Dog‘an uchrasha boshladi