08:30 / 17.04.2021
3 233

Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi


Foto: TASS
«O‘quv-mashg‘ulot parvozlari vaqtida SU-30SM samolyoti Balxash shahridagi o‘quv-aviatsiya markaziga qo‘nish vaqtida falokatga uchradi», deb ma’lum qilingan Qozog‘iston mudofaa vazirligida. Ta’kidlanishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 20:45da yuz bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ekipaj a’zolari orasida halok bo‘lganlar yo‘q. Uchuvchilar katapulta qilishga ulgurishgan va hozirda shifokorlar nazoratida qolmoqda.

Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Samolyotning qulash joyiga maxsus komissiya jo‘natilgan. Ta’kidlanishicha, roppa-rosa bir yil avval – 2020 yil 16 aprelda Qarag‘anda shahri yaqinida Qozog‘iston harbiy-havo kuchlarining MiG-31 qiruvchi samolyoti falokatga uchragandi.

2021 yil 13 mart kuni Almati aeroporti yaqinida An-26 samolyoti halokatli qo‘nishni amalga oshirgan. O‘sha aviahalokat oqibatida 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 2 kishi omon qolgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasining aviatsiya xizmatiga tegishli bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda Su-30 qiruvchi samolyoti falokatga uchradi